Mualliflarga

1 «Fan va jamiyat» jurnaliga maqolalar qoraqalpoq, o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul kilinadi. Mavzu, tayanch (kalit) so‘zlar va rezyumelar 3 tilda, ya’ni o‘zbek, rus va inglis tillarida buladi. (Tayanch so‘zlar tekstni boshida ko‘rsatiladi, kamida 5 so‘z bulishi kerak. Rezyume kamida 3-4 gapdan tuziladi). Matn 14 shriftda, har bir qatorning oralig‘i 1,5 interval. Maqola xajmi 6 betdan kam, 8 betdan ko‘p bo‘lmasligi kerak

2 Mavzu katta harflar bilan yoziladi, pastki qismida muallifning to‘liq ismi, ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyi ko‘rsatiladi. Maqola mavzusi, mualiflarning ismi-shariflari va ilmiy darajalari 3 tilda (o‘zbek, rus va inglis tillarida) keltiriladi.

3 Maqola muallif tomonidan imzo qo‘yilib, Elektron versiyasi bilan kamida ikkita vakolatli mutaxassisning taqrizi bilan topshiriladi.

4 Foydalanilgan adabiyotlar to‘liq ro‘yxati maqolaning oxirida keltiriladi va matn ichidagi havolalar adabiyotlar ro‘yxati bo‘yicha kvadrat qavs ichida raqamlarda beriladi. Adabiyotlar ruyxatiga fakatgina snoska olingan adabiyotlar kiritiladi. Adabiyotlar ruyxati muallif, adabiyot nomi, nashriyot nomi, yili va betlari to‘liq ko‘rsatilishi shart.

5 Tarkibiy, faktik va stilistik xatolar uchun mualliflar javobgar.

6 Maqola tuzilishi shartli ravishda: qisqacha kirish, tadqiqotning asosiy qismi va xulosadan iborat bo‘lishi kerak. Barcha maqolalar taqrizga yuboriladi. Mazmuni va yozilishi talabga javob bermaydigan maqolalar nashr kilinmaydi. Topshirilgan ilmiy maqolalar mualliflarga kaytarilmaydi.

7 Tahririyat barcha maqolalarni qo‘shimcha tekshirish uchun yuboradi. Tahririyat maqolalarni qisqartirish va redaktorlash huquqiga ega.

8 Mualliflarning ish o‘rni, lavozimi, ilmiy darajasi, uy manzili, telefonlari maqola oxirida ko‘rsatiladi.

Foydali havolalar