KIMYO DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Авторы
Ключевые слова: химия, информационно-коммуникационные технологии, электронные образовательные ресурсы, информационные образовательные средства, интерактивная электронная доска, анимация, виртуальная лаборатория
Аннотация
Библиографические ссылки
1. Kimyo fanidan rivojlangan mamlakatlar darajasiga chiqib olish uchun ta‘limni jadallashtirish va samaradorli- gini oshirish maqsadida o‗qitishda axborot-ta‘lim tizimi yaratish zarurligini anglash.
2. Kimyo fanidan o‗qitishning axborot ta'lim tizimiga oid sharoitni yaratish.
3. Darslarni samarali tashkil etishda kimyo xonasining laboratoriya xonalarini loyihalash, undan samarali foyda- lanish yo‗llarini yaratish.
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yutuqlari to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗lish.
5. O‗qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun ta'lim maqsadi, mazmunini puxta o‗rganib, ta'lim uslubi va vositalaridan unumli foydalanib, o‗quvchilarning kimyo faniga bo‗lgan qiziqishlarini shakllantirish. Buning uchun kimyo fanini o‗qitishda axborot- kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni keng yo‗lga qo‗yish kerak. Dars jarayonida qo‗llaniladigan, unumli foydalansa bo‗ladigan texnik vositalar juda ko‗p. Lekin bularning ichida eng yaxshi samara beradigani interaktiv elektron doskadir. Sababi u o‗zida barcha imkoniyatlarni qamrab olgan [4]. Kompyuter vositalaridan foydalanilganda o‗quvchilar yakka holda yoki juftlikda ishlaydilar. Elektron doskalarda esa o‗quvchilarning barchasi bir vaqtning o‗zida darsga jalb qilinadi. Kimyo fani o‗qituvchilari shuni yaxshi bilishadiki, kimyoviy moddalarning formulalari, ularning hosil qilgan birikmalari, kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozish, ma- salalarni yechish, laboratoriya tajribalarini hamda amaliy mashg‗ulotlarni o‗tkazish ancha vaqtni talab qiladi. Avval o‗quvchilar turli tajribalarni ko‗rsatish yo‗li bilan kimyo faniga qiziqtirilgan bo‗lsa, hozirgi kunga kelib esa bu o‗zgacha ko‗rinishga ega bo‗lib qoldi. Hozirgi zamon kimyo fani o‗qituvchisining oldida o‗quvchining kimyo faniga bo‗lgan qiziqishini yanada oshirib, dars samaradorli- giga erishish, o‗quvchilarning tafakkurini, anglash, erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish, ko‗rib bo‗lmaydigan narsani ko‗rishni, kimyoviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini hosil qilish maqsadi turibdi. O‗qituvchi bu muammoni hal qilishi uchun axborot- kommunikatsiya vositalaridan biri bo‗lgan interaktiv elektron doskadan foydalanishi mumkin. Bunda ko‗rsatiladigan kimyoviy laboratoriya tajribalarini bir necha marta qaytarib ko‗rsatish mumkin. Interaktiv elektron doska bilan birga o‗rnatilgan kompyuter yordamida vazifalarni bajarishni bir necha daqiqada amalga oshirish mumkin [5]. Interaktiv doskaning asosiy afzalliklaridan biri – unda animatsiyadan foydalanish imkoniyati bor. Unda tayyor kimyo fanidan mavzularga oid rasmlarni ko‗rish, o‗tkazilgan mashg‗ulotni videotasvir ko‗rinishida yozib borish va bu videotasvirlarni namoyish etish mumkin. Doskada yozilgan har bir kimyoviy formula kompyuter xotirasida videotasvir ko‗rinishida saqlanadi. Mashg‗ulotning muhokamasi jarayonida kerakli narsani ko‗rish, shu bilan birga mashg‗ulotning kerakli qismini qaytarish mumkin. Bunda o‗quvchilar yakka, katta va kichik guruhlarga bo‗lingan holda va hamkorlikda ishlaydilar. Bunday dos- kada ishlash o‗quvchilarga estetik zavq bag‗ishlaydi, fanga bo‗lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. O‗yin usullarini qo‗llash orqali o‗zlashtirishi qiyin bo‗lgan mavzuni o‗quvchining o‗zi bemalol o‗zlashtirishi imkoniyati yarati- ladi. Agar bu doskadan foydalanishni kimyoni o‗rganishning boshlang‗ich davrida boshlansa yaxshi sama- ra beradi. 7-sinfdan o‗quvchilarning doskada kimyoviy bel- gilar, formulalarni yozishi, misollar va masalalar yechishi, reaksiya tenglamalariga koeffitsientlarni qo‗yishi oson bo‗ladi. Bu doskadan uzoq vaqt foydalanish hatto past o‗zlashtiradigan o‗quvchilarning fanni yaxshi o‗zlashtirishiga imkon bo‗ladi. Natijada, butun sinf o‗quvchilarida kimyo fanidan dars samaradorligiga erishish imkoniyatini yaratish mumkin. Interaktiv elektron doskada o‗quvchilardan o‗tilgan mavzuni so‗rash, topshiriqlarni bajarish, doskada yozilgan savollarga javob berish, reaksiya tengamalarni yozish va ularni tenglashda, qiziqarli va darsga oid turli topshiriqlarni bajarishda, yangi mavzuni o‗quvchilar qanchalik o‗zlashtirganini aniqlash maqsadida keng foydalanish mumkin. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tajribalarni o‗tkazish davomida reaktiv yetishmasa yoki asbob nosoz bo‗lsa, o‗tkaziladigan tajribalarni virtual laboratoriya orqali animatsiya usulida ko‗rsatish imkoni mavjud. Bizning fikrimizcha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, kimyo fanini o‗qitishning quyidagi afzallik tomonlari mavjud: –kimyo fanidan mavzularni o‗rganishda beriladigan bilimlar bir tizimga keltiriladi va o‗zaro bog‗liq ravishda o‗rganiladi; –kimyo fanini o‗qitish jarayonida mavzularni o‗zlashtirishda o‗quvchilarning bilimi faol ravishda ken- gaytirilib boriladi; –bunda har bir o‗rganilayotgan jarayon ko‗rgazma aso- sida o‗rganiladi va mavzu bo‗yicha o‗quvchilarda yetarli darajada ko‗nikma va malaka hosil qilinadi; –kimyo fanidan bajarilayotgan va ko‗rsatilayotgan tajribalar o‗quvchilarni shu fanga bo‗lgan qiziqishini yana- da oshiradi, o‗quv materialini puxta o‗zlashtirish, nazariy bilimlarini amaliy holda mustahkamlashga yordam beradi; –mavzu bo‗yicha kimyo fanidan to‗liq axborot olishga imkoniyat yaratiladi; –kimyo fanida texnik vositalardan foydalanish orqali darsning sifati oshadi; – o‗quvchilarning kimyo fanidan mavzu bo‗yicha egal- lagan bilimlaridagi bo‗shliqlar o‗z vaqtida aniqlanib, uni bartaraf etishga yordam beradi; –kimyo fanidan o‗quvchilarning faolligini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Bu esa o‗z navbatida o‗quvchilarning o‗qish faoliyatini tubdan o‗zgartirib, kelajakda yetuk va erkin fikrlovchi shaxs bo‗lib yetishishiga imkon yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, kimyo darslarida axborot- kommunikatsiya vositalari, shuningdek, interaktiv elektron doskadan foydalanish o‗quv jarayonining sifatini oshiradi. Unda o‗qituvchiga faqatgina dars mashg‗ulotiga tayyorgar- lik ko‗rishni emas, balki darsni olib borishning qiziqarli tomonlarini ham ochib berishga imkoniyatlar yaratib beri- ladi. Ya‘ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta‘lim jarayonida qo‗llashga oid bilimlar, tajribalar o‗quvchilarni yuksak bilim, intellektual salohiyat hamda yetuk malakaga ega bo‗lishlarini ta‘minlaydi. Adabiyotlar 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son «Kimyo va biologiya yo‗nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori (qonunchilik ma‘lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020 07/20/4805/1174-son). 2. Алимова Ф.А. Повышение эффективности обучения химии с использованием компьютерных технологий (на примере разделов «Растворы» и «Электрическая диссосация») Дисс. канд. пед. наук. - Т.: ТГПУ им.Низами, 2009. 3. Omonov H.T., Raxmatullaev N., Mirkomilov Sh. Kimyo o‗qitish metodikasi. Oliy o‗quv yurtlari uchun darslik. – T.: «Iqtisod- Moliya», 2013. 172-b. 4. Nizamova S.A. Kimyo ta‘limi samaradorligini oshirishning innovatsion texnologiyalari. Monografiya. – T.: «Adabiyot uchqun- lari», 2016. 5. Tillaboev I.N. Interaktiv elektron doskadan foydalanish uslubiyoti. // «Yosh matematiklarning yangi teoremalari» mavzudagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - NamDU, 2013.