BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH DARAJALARI TAHLILI

Авторы

  • Ergasheva F.T.

    Navoiy davlat pedagogika instituti

Ключевые слова: цифровые технологии, цифровая компетенция, компетентность, уровни цифровой компетентности

Аннотация

В статье описаны уровни сформированности цифровой компетентности на примере будущих учителей начальных классов. Уровни представлены содержательно, а также предложены дидактические методы оценки сформированности каждого уровня цифровой компетентности. Цифровая компетентность приобретается личностно-субъективным образом, так как является результатом саморазвития студента, синтеза его деятельности и личного опыта. В результате предлагается проектирование личностной среды обучения студента как условие развития цифровой компетентности в высших учебных заведениях.

Библиографические ссылки

1. Gnoseologik daraja - ma‘lumotlarni to‗g‗ri maqsad- larda qayta ishlash, aloqa qilish, terminologiyani bilish uchun zarur bilimlar to‗plami.

2. Motivatsion daraja – bunda raqamli texnologiyalar- dan foydalanishga munosabat shakllanadi, yangi bilimlarni egallashga tayyorlik, Internetning axborot maydoniga, jumladan, ta‘lim vositasi sifatida munosabat tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.

3. Faoliyatli texnologik daraja - global Internet tar- mog‗i bilan ko‗zlangan maqsadga muvofiq ishlash ko‗nikmalarini egallash, axborotni qayta ishlash algoritmla- rini qo‗llash, amaliy, o‗quv va kasbiy muammolarni hal qilish uchun aloqa usullarini egallash.

4. Natijaviy-refleksiv daraja - bu raqamli texnologiyalar bo‗yicha o‗z bilim darajasini baholash, o‗zini raqamli mu- hitning bir qismi sifatida tushunish. Gnoseologik darajada axborotni qayta ishlash usullari, axborotni strukturalash, kodlash va oʻlchash, dasturiy taʼminotni oʻzlashtirish yoʻllari, fanlararo aloqadorlik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oʻz-oʻzini kasbiy takomillashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida nazariy bilimlar olinadi. Raqamli kompetensiyani rivojlantirishning ushbu darajasi dastlabki diagnostika, testlar, axborot dik- tantlari, suhbatlar va kollokviumlar orqali tekshirilishi mumkin bo‗lgan bilimlarning to‗liqligi va tizimlashganligi bilan tavsiflanadi. Motivatsion daraja motivlar to‗plamini, subyektning raqamli muhitdagi faoliyatiga, uning qobiliyatlariga, ularn- ing rivojlanishiga hissiy-irodaviy va qiymat munosabatini o‗z ichiga oladi va axborotlar bilan ishlashda tanqidiy bahoni, ya‘ni o‗zining faoliyat natijalarini va ular uchun javobgarlikni his qilishni belgilaydi. Ushbu darajada bo‗lajak mutaxassisning ta‘lim va kasbiy rivojlanishga bo‗lgan ongli ehtiyoji shakllanadi, bu axborot faoliyatida mustaqil ravishda maqsadlar qo‗yish va ularga erishish za- ruriyatini keltirib chiqaradi. Talabaning raqamli kompe- tensiyani o‗zlashtirishga motivatsion e‘tibori uni rivojlan- tirish samaradorligining muhim shartidir. Ushbu darajani shakllantirishni savol-javob, talabalar bilan suhbat, test or- qali aniqlash mumkin. Faoliyatli-texnologik darajada talaba amaliy, o‗quv va kasbiy muammolarni hal qilish uchun tegishli raqamli texnologiyalarni maqsadli qo‗llash bo‗yicha ko‗nikma va malakalarga ega bo‗ladi. Bu daraja ko‗nikma va malaka- larga tegishli talablarni qo‗yadi, bu esa pirovardida jamiyatni raqamlashtirish sharoitida talabaga kasbiy faoliyat uchun amaliy tayyorgarlikni taqdim etadi. Darajani shakllantirish laboratoriya ishlari (odatiy va ijodiy top- shiriqlar), loyihalar, keyslar, LMS bilan ishlash, global In ternet xizmatlari bilan ishlash orqali tekshiriladi. Natijaviy-refleksiv daraja talaba o‗z faoliyatining oraliq va yakuniy natijalarini ongli ravishda nazorat qilish qobili- yatida, o‗z natijalarining darajasi va sifatini baholash bilan ifodalanadi; ijodkorlikni rivojlantirishda, o‗z-o‗zini tahlil qilishga moyillik, o‗z-o‗zini boshqarish, o‗z-o‗zini bilish va raqamli muhitdagi faoliyati jarayonida o‗z shaxsini an- glashini belgilaydi. Raqamli kompetensiyaning ushbu dara- jasi so‗rovlar, kollokviumlar, laboratoriya ishlari, loyihalar- ni himoya qilish, keyslar bilan ishlash orqali tekshiriladi. Shunday qilib, sanab o‗tilgan darajalar shaxs rivojlani- shi sifatining tarkibiy qismlari bo‗lib, bir vaqtning o‗zida bir-biriga o‗zaro bog‗liqdir. Shu bilan birga, har bir dara- janing rivojlanishi uning mazmunini yaxlit tizimning bir qismi sifatida shakllantirishdan iboratdir. Talabaning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish shartlaridan biri sifatida talabaning shaxsiy ta'lim muhitini yaratishni ko‗rib chiqamiz. Shaxsning ta‘lim maydonini V.A. Starodubsev ―jahon axborot ta‘lim makonining, ya‘ni bu global axborot muhitida faoliyat subyekti tomonidan individual ehtiyojlar va imkoniyatlarga muvofiq foydalaniladigan va yaratilgan shaxsiy maydon - bu dunyoda o‗z shaxsiyatini ro‗yobga chiqarish, tanlangan kasb va umr davomida uzluksiz o‗z-o‗zini tarbiyalashga yo‗naltirilgan shaxsiy ta‘lim muhitidir‖ – deb talqin qiladi [6:44-45]. Shaxsiy ta'lim muhiti (ShTM) - bu har bir talaba tarmoqning taklif qilingan yoki tasodifiy tanlangan resurslaridan mustaqil ravishda, o‗z xohishlariga ko‗ra to‗ldiradigan va shu bilan o‗quv vositalarining individual dizaynini shakllantiradigan global Internet resurslari to‗plami (konstruksiyasi) deb hisoblaymiz. Talaba o‗z qadriyatlari asosida ShTM elementlarining filtrini ishlab chiqadi, shuning uchun shaxsiy ta‘lim muhitini shakllantirish u tomonidan ongli ravishda, o‗z tashabbusi bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi, ya‘ni talaba shaxsining ma‘lum darajasiga asoslanadi. Shaxsiy ta‘lim muhitini yaratish hozirgi mehnat bozoriga moslashish, ochiq onlayn ta‘lim platformalari va global Internetning boshqa resurslaridan foydalanish uchun zarur bo‗lgan bilimlarni yaratish kompetentligini ta‘minlaydi. Xulosa va takliflar. Ushbu tadqiqot natijasida ShTM ning yaratilishi raqamli kompetensiyani rivojlantirish zarurligini taqozo etadi, chunki ShTM dastlab o‗z-o‗zidan shakllanadi, lekin keyinchalik subyekt yetarlicha ko‗p miqdordagi xizmatlar va vositalarga ega bo‗ladi va shakllanadi. Shaxsiy muhitda ularni qo‗llash natijasida tanlash, tartiblash va tizimlashtirish masalasi ko‗tariladi, bu esa o‗z navbatida raqamli ko‗nikmalar va tanqidiy fikrlashni talab qiladi, ya‘ni ShTM yaratilishi raqamli kompetensiyaning barcha darajalarida bilim va ko‗nikmalarni egallash imkonini beradi. Raqamli kompetensiyani rivojlantirish va ShTMni yaratish bir-biriga bog‗liq jarayonlardir: ma‘lum darajadagi raqamli kompetensiyasiz ShTMni oqilona yaratish mumkin emas, faqat ShTM yordamida raqamli kompetensiyaning yuqori darajasini rivojlantirish mumkin, chunki bu jarayon faoliyat va shaxsiy tajribani egallash bilan bog‗liq bo‗ladi. Shunday qilib, talaba shaxsiy ta‘lim muhitining yaratilishi jamiyat, iqtisodiyot va ta‘limni raqamlashtirish sharoitida zarur bo‗lgan vazifalardan biri sifatida mutaxassis, shuningdek, bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining raqamli kompetensiyasini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Adabiyotlar 1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori. 2. Ergasheva, F. T. Formation of ict competence of future primary school teachers in the process of studying the discipline ‗infor- mation technologies in primary school‘ // Academic Research in Educat. Sciences, 2022. 3(10), P.221–229. 3. European Union - ―Digital Education Action Plan‖. 2018. [Electronic resource]. URL: https://ec.europa.eu/education/education- in-the-eu/digital-education-action-plan_en. 4. Солдатова Г.У., Рассказова Е.Н. Психологические модели цифровой компетентности российских подростков и родите- лей // Национальный психологический журнал. 2014, № 2 (14). – С. 27-35.

5. Погожина И.Н., Сергеева М.В., Егорова В.А. Цифровая компетентность и детство- уникальный вызов 21 века (анализ современных исследований) // Вестник Московского университета. Серия 14. Психология. 2019, № 4. -С. 80-106.

6. Стародубцев В.А. Самоорганизация в информационной образовательной среде // Сибирский педагогический журнал. №

7. 2011, -С.38-47.