Jurnal haqida

Jurnal 1992-yildan «Qaraqalpaqstan muǵallimi» nomi bilan chiqarila boshlagan. 2004-yilda «Ilim hám jámiyet» nomiga o’zgartilib, 01-022-sonli guvohnoma bilan Qoraqalpoqston Respublikasi Nashriyot va axborot agentligi tomonidan ro’yxatga olingan. 2020-yili 07-avgustta O’zbekston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi xuzuridagi axbarot va kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qayta ro’yxatga olinib, 1098-sonli guvohnoma berilgan. “Fan va jamiyat” jurnali quyidagi fan tarmoqlari bo’yicha OAK tomonidan ilmiy darajalar olish uchun tavsiya qilingan nashrlar ro’yhatiga kiritilgan:

  • - 01.00.00 – fizika-matematika fanlari;
  • - 03.00.00 – biologiya fanlari;
  • - 05.00.00 – texnika fanlari;
  • - 07.00.00 – tarix fanlari;
  • - 10.00.00 – filologiya fanlari;
  • - 11.00.00 – geografiya fanlari;
  • - 13.00.00 – pedagogika fanlari;
  • - 19.00.00 – psixologiya fanlari.

Tashkilotchi qo‘mita raisi: Kadirov Kuvondik Ayitbaevich

Bosh muharrir: Pazilov Arzi Kenjebaevich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari nomzodi

Masul kotib: Biysenbaev Quwandiq Baxitbay uli

Tahririyat manzili: Nukus shahri, P.Seytov ko’chasi, r/u

Indеks:230100

Tеlеfоn:+998612294086, +998933652520

«Fan va jamiyat» jurnali hisob varaqasi

Bank: МB BB ХККМ Toshkent shahri

Hisob varaqasi: 2340 2000 3001 0000 1010

MFO: 00014

INN: 201 122 919

Shaxsiy hisob varaqasi: 4001 1086 0354 0170 9410 0350 005

"Fan va jamiyat" jurnali professor-o‘qituvchilar, o‘qituvchi va tarbiyachilar, doktorantlar va boshqa ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga o‘z maqolalarini chop etish, yangi ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullari bilan tanishish va qo‘llashda yordam beradi. Jurnal oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylar, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, fuqarolik jamiyati qurish kabi asosiy maqsadlariga erishish uchun jurnal taniqli, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalarini ko‘rsatishga harakat qiladi. E’lon qilinayotgan maqolalarda mintaqaviy va global ahamiyatga molik muammolar, o‘zaro pedagogik tajriba almashish aks ettirilgan. Prezidentimiz to‘g‘ri ta’kidlaganidek, Xorazmiylar, Beruniylar, Ulug‘beklar boshlagan shonli ishlarning munosib davomchilarini yoshlar orasidan izlab topish, ajdodlarimiz va zamondosh allomalarimizning ilmiy-madaniy merosi ilm-fan va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini ravnaq toptirishga xizmat qilishi asosiy vazifamizdir. Sizlar bilan birga jurnal ilm-fan va jamiyat rivojiga xizmat qiladi.

Foydali havolalar