Alishеr Navoiyning «Kеcha kеlgumdur dеbon…» g‘azalida «At-toriq» surasi g‘oyalarining badiiy-irfoniy talqini

Avtorlar

  • Umida Sapayevna Shermatova

    Chirchik State Pedagogical University image/svg+xml

Gilt sózler: Navoiy, At-Toriq surasi, qur’oniy tafakkur, tasavvuf, tun, nur, hijron, visol, bedorlik, irfon

Annotaciya

Maqolada Alisher Navoiyning «Kecha kelgumdur debon…» g‘azali Qur’oni karimning «At-Toriq» surasi bilan qiyosiy-tipologik va germenevtik yondashuv asosida tahlil qilingan. G‘azaldagi tun, bedorlik, intizorlik, hijron, nur va visol motivlarining qur’oniy hamda tasavvufiy mohiyati ochib berilgan. Shoirning ishqiy kechinmalar orqali inson ruhining Haqqa intilishi va ma’naviy kamolot yo‘lini badiiylashtirish mahorati yoritilgan. Tahlil natijalari Navoiy g‘azalida qur’oniy g‘oyalar bevosita emas, balki irfoniy-badiiy tafakkur orqali ifodalanganligini ko‘rsatadi.

Paydalanılǵan ádebiyatlar

1. Qur’oni Karim. – Toshkent: «Hilol-Nashr», 2023.

2. Navoiy A. Xazoyin ul-maoniy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2011.

3. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: «Movarounnahr», 2009.

4. Haqqul I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: «Fan», 2007.

5. Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: «Adabiyot va san’at», 1991.

6. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. – Toshkent: «Yozuvchi», 1996.