O‘zbek va qoraqalpoq shoirlarida millat, tabiat, tarix motivlari

Mualliflar

  • Dilorom Bobanazarovna Toshpulatova

    Toshkent gumanitar fanlar universiteti

  • Xurshida Adamboyevna Niyatullayeva

    Toshkent gumanitar fanlar universiteti

Kalit so‘zlar: millat, tarix, epik an’ana, bahshichilik, qoraqalpoq she’riyati, tarjima, leksik tafovutlar

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotida millat, tarix, tabiat va qahramonlik motivlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Xususan, dostonchilik an’analari, baxshichilik maktabi, XX asrning 60-80-yillaridagi epik merosning saqlanishi va yangi voqelikning badiiy ifodasi bilan bog‘liq tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Tarjima jarayonida yaqin turkiy tillar o‘rtasidagi leksik-semantik farqlar, “soxta ekvivalentlar” hodisasi, fonetik va uslubiy nomuvofiqliklar misolida tarjima muammolari yoritiladi. Qoraqalpoq shoiri Ibroyim Yusupov ijodi alohida tahlil qilinib, uning she’riyatida tarixi xotira, milliy o‘zlik, qahramonlik va oila motivlarining o‘zaro bog‘liqligi statik va badiiy dalillar asosida asoslanadi. Chiziqli diagramma natijalari esa shoir ijodida millat motivining yetakchi o‘rin egallashini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Alambergenov E.K. Qoraqalpoq xalqining “Shahriyor” dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlar. f.f.f.d.(PhD) dis. aftoref. – Nukus: 2022.

2. Muqimov M., Ergashov A. Alpomishnoma (2 jild). – Toshkent: «Fan» 1990.

3. Ochilov N. Janubiy O‘zbekiston dostonchiligida epik an’analar saqlanishi (Qodir bahshi Rahimov ijodi misolida) (Nomzodlik dissertatsiyasi). Toshkent davlat universiteti. –Toshkent, 2004.

4. Qo‘qorov A. Yangi dostonlar. – Toshkent: «Fan», 1985.

5. Tuyqamboyev A. She’rlar va dostonlar. – Frunze: «Kyrgyzstan Publishing», 1980.

6. Yusupov I. Tańlamalı shıǵarmaları. – Nókis: «Bilim», 2018.

7. Чуковский К. Искусство перевода. – Москва: «Искусство», 1964.