ZAMONAVIY OʻZBEK BIZNES TERMINOLOGIYASIDAGI INGLIZ OʻZLAShMALARNING LEKSIK-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Mualliflar

Kalit soʻzlar: biznes terminologiyasi, inglizcha oʻzlashmalar, oʻzbek tili, leksik-semantik moslashuv, funksional tahlil, biznes diskursi, globallashuv, terminologik rejalashtirish

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy oʻzbek biznes terminologiyasida inglizcha oʻzlashmalarning leksik-semantik va funksional xususiyatlari tadqiq qilinadi. Tadqiqot inglizcha biznes terminlarining oʻzbek tiliga kirib kelish yoʻllari, ularning orfografik, fonetik, morfologik va semantik moslashuvi hamda zamonaviy biznes diskursidagi kommunikativ vazifalarini tahlil qiladi. Tahlil shuni koʻrsatadiki, inglizcha oʻzlashmalar faqat chet tilidan kirgan birliklar emas, balki yangi tushunchalarni nomlash, professional identifikatsiyani ifodalash, innovatsionlikni koʻrsatish va uslubiy nufuz yaratish vositasidir. Maqolada terminologik siyosat xalqaro tushunarlilik, semantik aniqlik va oʻzbek tilida soʻzlashuvchi auditoriya uchun qulaylik oʻrtasidagi muvozanatga asoslanishi kerakligi asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 1999.

2. Martin Haspelmath, “Lexical Borrowing: Concepts and Issues,” in Loanwords in the Worldʼs Languages: A Comparative Handbook, ed. Martin Haspelmath and Uri Tadmor Berlin: Mouton de Gruyter, 2009. – Р. 35-47.

3. Haugen E. The Analysis of Linguistic Borrowing. // Language, Vol. 26, No. 2, 1950. – Р. 210-231.

4. Martin Haspelmath, “Lexical Borrowing: Concepts and Issues”. -Р. 47-50; Asilova G.A., Shirinova E.T. and Iskandarova G. T. “Economic Terminology of the Uzbek Language: Sources and Methods of Development,” E3S Web of Conferences 413. 2023, article 03009. – Р. 2-4.

5. Asilova G.A., Shirinova E.T. and Iskandarova G.T. “Economic Terminology of the Uzbek Language: Sources and Methods of Development”, – P. 4, 8; Martin Haspelmath, “Lexical Borrowing: Concepts and Issues”. – P. 48-49.