UMUMIY TILShUNOSLIK VA QORAQALPOQ ShEʼRIY DISKURSIDA BADIIY TAKROR: K.RAHMONOV IJODI MISOLIDA
Mualliflar
Kalit soʻzlar: lingvopoetika, badiiy takror, alliteratsiya, leksik takror, anafora, epifora, simploka, ritm, ekspressivlik
Annotatsiya
Maqolada umumiy tilshunoslik va lingvopoetika nuqtayi nazaridan K. Rahmonov sheʼriyatidagi fonetik va leksik badiiy takrorlar tahlil qilinadi. Alliteratsiya, anafora, epifora, simploka va leksik takrorlarning ritm, matn yaxlitligi hamda emotsional-ekspressiv taʼsirga qoʻshgan hissasi aniqlanadi. Misollar kontekstual, struktur-pozitsion va uslubiy tahlil usullari asosida oʻrganiladi. Natijalar takror poetik maʼnoni tashkil etuvchi va oʻquvchi eʼtiborini muhim birliklarga yoʻnaltiruvchi lingvopoetik vosita ekanini koʻrsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Векшин Г.В. Фоностилистика текста: Звуковой повтор в перспективе смыслообразования: Автореф. дис. … д-ра филол. наук. – Москва, 2006.
2. Туйчиев У. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – Тошкент: «Янги аср авлоди», 2011.
3. Пирогова Н.К., Трубецкой Н.С. Фонетическая стилистика. // Вестник Московского университета. Серия 9. – Москва: 1992.
4. Боймирзаев С. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: Филол. фан. ном. … дис. автореф. – Самарқанд: 2004.