KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mualliflar
Kalit so‘zlar: psixodiagnostika, korreksiya, psixolog, sivilizatsiya, trening, konsultatsiya, psixoprofilaktika
Annotatsiya
Ma’lumki, xalqimiz o‘zining buyuk o‘tmishi, o‘tmish ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fani, madaniyatiga qo‘shgan beqiyos hissalari bilan haqli ravishda faxrlanib keladi. Shu ham ma’lumki, ular dunyoga kelib ilk bolalik davridan rivojlanayotganda, ya’ni u zamonlarda maktabgacha ta’lim muassasalari va uning psixologlari bo‘lmagan. Shu o‘rinda, “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim muassasasi amaliyotchi psixologi kerakmi?” – degan savol o‘rtaga tashlanishi ehtimol. Bu kabi savollarga javobni avvalgi zamonlardagi va bugungi kunlarimizdagi maktabgacha yosh davridagi bolalar rivojlanishlari sharoitlari o‘rtasidagi tafovutlardan topishimiz mumkin. Ushbu maqolada aynan shu kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduraximova K.A., Abdullayev D.Y. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiysi orqali estetik didni shakllantirish. // Yangi O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim. Ilmiy-metodik jurnal. Barcha sohalar bo‘yicha. 3-son, may. 2021. 1-qism. –Toshkent:
2. Axunjanova S.A. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash haqida. –Toshkent: 1999.
3. Божович Л.И. Личность и её формирование в детском возрасте. - М.: 1998.
4. Mominova X. Psixokonsultatsiya. –Andijon: 2022.
5. Гребен Н.Ф. Психологический тест для профессионалов. – Минск: 2007.