FEYK AXBOROTNI ANIQLAShDA FAKTChEKING PLATFORMALARINING O‘RNI: ZAMONAVIY VOSITALAR VA TEXNOLOGIK YONDAShUVLAR

Mualliflar

  • Dabilov Azizbek Perdegaliy ulı

    Karakalpak State University image/svg+xml

Калит сўзлар: feyk axborot, faktcheking, dezinformatsiya, misinformatsiya, verifikatsiya, media savodxonlik, raqamli media, ijtimoiy tarmoqlar, sunʼiy intellekt, vizual verifikatsiya

Аннотация

Maqolada zamonaviy raqamli media makonida feyk axborotni aniqlash va unga qarshi kurashishda faktcheking platformalarining oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda faktcheking tushunchasining mazmuni, uning jurnalistik verifikatsiya jarayonidagi ahamiyati hamda xalqaro va mahalliy faktcheking platformalarining faoliyat tamoyillari oʻrganiladi. FactCheck.org, PolitiFact kabi xalqaro platformalarning tekshiruv metodlari, shuningdek, Google Lens va TinEye kabi vizual verifikatsiya vositalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida faktcheking faqat tayyor yolgʻon xabarni rad etishdan iborat emasligi, balki daʼvoni aniqlash, birlamchi manbani izlash, dalillarni solishtirish, vizual materiallarning kelib chiqishi va kontekstini tekshirish kabi bosqichlarni oʻz ichiga olishi asoslanadi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi faktcheking amaliyotining rivojlanish holati va qoraqalpoq tilidagi raqamli axborot makonida faktcheking imkoniyatlarini kengaytirish zarurati koʻrib chiqiladi. Maqola yakunida qoraqalpoq tilidagi axborot muhitida feyk xabarlarni aniqlashga ixtisoslashgan faktcheking platformasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Ireton C., Posetti J. (Eds.). Journalism, ‘Fake News’ & Disinformation: Handbook for Journalism Education and Training. UNESCO. 2018.

2. Fact Check.org. Our Process. Annenberg Public Policy Center.

3. Sanders K. The Principles of the Truth-O-Meter: PolitiFact’s methodology for independent fact-checking. PolitiFact. 2018.

4. Google. Search with an image on Google. Google Search Help.

5. TinEye. Reverse Image Search. TinEye.

6. TinEye. What is TinEye? TinEye Help.

7. Factcheck.uz. Faktcheking materiallari va platforma resurslari. Factcheck.uz.