OLIY TAʼLIMDA TALABALARNI BAHOLASh TIZIMI: TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASh VA TAKOMILLAShTIRIShDAGI YONDAShUVLAR

Mualliflar

  • Batirova Feruza Kadamovna

    Nizomiy nomidagi O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti image/svg+xml

Калит сўзлар: talabalarni baholash, taʼlim sifati, sifatni taʼminlash, formativ baholash, summativ baholash, fikr-mulohaza, taʼlim natijalari, baholash mezonlari, ESG-2015

Аннотация

Maqolada oliy taʼlim tizimida talabalarni baholashning taʼlim sifatini taʼminlash va takomillashtirishdagi oʻrni hamda ahamiyati tadqiq etilgan. Baholashning anʼanaviy test va imtihonlar bilan cheklanib qolmasdan, loyiha, portfolio, amaliy topshiriq, oʻz-oʻzini baholash va oʻzaro baholash kabi zamonaviy usullar bilan uygʻunlashtirilishi zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, baholash natijalarini faqat yakuniy reyting yoki ball sifatida emas, balki taʼlim jarayonini monitoring qilish, mavjud muammolarni aniqlash va oʻqitish metodikasini takomillashtirish uchun muhim tahliliy axborot manbayi sifatida qoʻllash imkoniyatlari yoritilgan. Natijada baholashni “taʼlim natijalarini belgilash – oʻqitish – baholash – tahlil – fikr-mulohaza – takomillashtirish” uzviyligi asosida tashkil etish taʼlim sifatini uzluksizligining muhim mexanizmi ekanligi asoslangan.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Shodmonova Sh.S. va boshq. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2019.

2. Tolipov O‘., Ro‘ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Innovatsiya-Ziyo», 2019.

3. Nicol David J., Macfarlane-Dick Debra. Formative Assessment and Self-Regulated Learning: A Model and Seven Principles of Good Feedback Practice. // Studies in Higher Education, Apr, 2006, vol. 31 № 2. – P. 199-218.

4. Abdiraimov Sh.S., Maxmudov A.Z., Tojiboyev R.S. Ta’limda baholash va monitoring asoslari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2026.

5. Muhammadiev O.A., Yuzbayeva M.Z. Oliy ta’limda talabalarni bilim olishga rag‘batlantirishning ayrim jihatlari. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2021.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomi. – Toshkent: 2018.

7. Hattie J., Timperley H. The Power of Feedback. // The Review of Educational Research (RER). Volume 77, Issue 1, 2007.