O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM MUAMMOLARI VA RIVOJLANISh ISTIQBOLLARI

Mualliflar

  • Pirniyazova Gulchira Nietbaevna

    AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI image/svg+xml

Калит сўзлар: inklyuziv ta’lim, maxsus ehtiyojli bolalar, teng imkoniyatlar, pedagogik yondashuv, ijtimoiy integratsiya, ta’lim siyosati, pedagog kadrlar, innovatsion metodlar, ta’lim tizimi.

Аннотация

Maqolada biz Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim tizimining bugungi holati, mavjud muammolari hamda uning rivojlanish istiqbollari tahlil qildik. Inklyuziv ta’lim jamiyatning barcha a’zolari, jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan muhim ijtimoiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Maqolada biz mamlakatimizda inklyuziv ta’limni joriy etish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar, shuninghdek, pedagog kadrlarning yetarli darajada tayyor emasligi, maxsus o‘quv metodik materiallarning yetishmasligi, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yetarli darajada moslashtirilmaganligi kabi masalalarni yoritib berdik. Shuningdek, ota-onalar hamda jamiyatning inklyuziv ta’limga nisbatan munosabati ham muhim omil ekanligini ko‘rib chiqdik. Tadqiqot davomida biz inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini mos infratuzilma bilan ta’minlash hamda xalqaro tajribadan samarali foydalanish zarurligi asoslab berdik. Maqola yakunida esa O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berilib, ushbu tizimni takomillashtirish jamiyatda ijtimoiy tenglikni ta’minlash, shuningdek, har bir bolaning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlanadi.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Muslimov N. Pedagogik kompetentlik va kasbiy shakllanish. -Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2024.

2. Mavlonova R. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -Toshkent: “Fan va ta’lim”, 2022.

3. Sharipov Sh. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumiy ta’lim tizimiga integratsiya qilish muammolari. -Toshkent: Pedagogika ilmiy markazi, 2021.

4. Nishonaliyev U. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish va pedagogik yondashuvlar. -Toshkent: O‘zbekiston davlat pedagogika universiteti nashriyoti, 2017.

5. Tursunov A. O‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha malaka oshirish metodikasi. -Samarqand: Ilmiy nashriyot, 2019.

6. Usmonova L. Ta’lim muassasalarida inklyuziv muhit yaratish: nazariya va amaliyot. -Toshkent: Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 2022.

7. Karimov D. Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. -Nukus: Ilmiy tadqiqotlar nashriyoti, 2023.