TALABALARDA XULQ OG᾽ISHINI DIAGNOSTIKA QILISH VA KORREKTSIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Turumbetova Z.

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat unversiteti

Ключевые слова: этика, девиантное поведение, аномальное, превенция, интервенция

Аннотация

В статье описывается девиантное поведение человека - моральные качества, не соответствующие общепринятым или официально установленным социальным нормам и его проявление в различных формах.

Библиографические ссылки

1. Delinkvent tur - jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy huquqiy me‘yorlarga qarama qarshi bo‗lgan xatti - hara- katlarga xulqning yo‗nalganligidir.

2. Deviant tur - jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me‘yorlarga qarama – qarshi xulqiy ko‗rinshlarni namoyon etish. Destruktiv xulqning barcha ko‗rinishlarida insonning ma‘lum bir himoya reaksiyalari sifatida yuzaga kelsa-da biroq nerv sistemasida buzilishlar bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota-onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan yetarli dara- jada mehr-muhabbatga ega bo‗lmaganligi, nasliy omillar bo‗lishi ham mumkin. Z.Freyd inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta‘kidlaydi: Eros – bu hayot isntinktidir. Undagi quvvat, hayotni saqlash,qayta tiklashga yo‗naltiradi. Tanatos – o‗lim instiktidir. Undagi quvvat hayotni vayron qilish va to‗xtatishga yo‗naltiradi. Destruktiv xulq barcha insonlar uchun xosdir. Ayrim insonlarda bu xulq shunchalik kuchliki, ularning jamiyatdagi o‗rnini va xulqini belgilaydi. Destruktiv xulq ko‗rinishlarini namoyon bo‗lishida negativ ustanovkalar -shaxsning atrofdigilarning aksariga nisbatan salbiy munosabatlari natijasida shakllanadi. S.P.Ivanov va V.V.Boyko tadqiqotlarida destruktiv ustanovkalarning quyidagi turlari ajratiladi: 1. Atrofdagilarga nisbatan fikrlari va xatti- harakatlarida yashirin beshavqatlilik; 2. Atrofdagilarga nisbatan ochiq beshavqatlilik;

3. Insonlar haqida asoslangan negativ fikrlar. Ma‘lum bir ijtimoiy vaziyatlarda yuzaga kelgan holatlar asosida unga sababchi bo‗lgan insonlar to‗g‗risida salbiy fikrga ega bo‗lish ham shunday;

4. Negativ faktorlar yuzasidan o‗zining sheriklari haqida asoslanmagan umumlashtirishlar qilish;

5. Atrofdagilar bilan munosabtlar jarayonida negativ tajribaga ega bo‗lish Yu.A.Kleyberg va A.Ellislar destruktiv xulq ko‗rinshlarini shakllanishida ―irratsional ustanovkalar‖ tushunchasini kiritganlar. Muhokama. Lombrosoning fikriga ko‗ra, biologik xususiyatlar va birinchi navbatda tashqi morfologik xususiyatlar (bosh suyagi shakli) haqidagi o‗z xulosalariga asoslanib, jinoyatchilarga xos bo‗lgan tug‗ma xususiyatlarining natijasi, jinoyatni muqarrar deb hisobladi va jazo ularni tuzatolmasligini aytdi. Lombroso jinoyatchi- likning kriminologiyasida eng ko‗p talab qilinadigan for- mulani ishlab chiqdi. Uning formulasida antropologiya in- stitutining asoschisi mahkumlarning antropologik xususiyatlarining o‗rtacha hajmini spirtli ichimliklar iste‘mol qilgan voyaga yetmaganlar soni bilan bog‗lashni taklif qiladi. Genetika rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi, tajovuz va jinoyatlarning xromosoma gipotezasi ishlab chiqildi. Agressiyaning bi- ologik nazariyalarining yana bir yo‗nalishi jinoiy va ta- jovuzkor xatti-harakatlarga gormonal ta‘sirlarning rolini o‗rganish bilan bog‗liq [5]. 1924-yilda amerikalik olim M.Schlapp jinoyatchilarning endokrin tizimini o‗rganib chiqdi, u tekshirgan mahbuslarning uchdan bir qismi bilan bog‗liq hissiy beqarorlikdan azob chekayotganini aniqladi. Biz shaxs og‗ishgan xulqining turli ko‗rinishlari ikkita – o‗ziga yoki boshqalarga qarama-qarshi yo‗nalishli ―destruktiv axloq‖ning yagona o‗qida joylashganini ko‗ramiz. Deviant xulqli o‗smirlar va voyaga yetmagan huquq buzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib borish tavsiya etiladi: 1. ―Psixoterapevtik oyna‖ vositasi – o‗zini tashqaridan ko‗rishga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o‗zini tushunishni rivojlantirish; 2. ―Muqobil yo‗llar‖ vositasi – noto‗g‗ri axloq-odob me‘yorlarini namoyon qilgan o‗smirga to‗g‗ri yo‗l ko‗rsatish; 3. ―O‗rniga-o‗rin‖ vositasi – xarakterida, fe‘l-atvoridagi bo‗shanglik, iroda va kuchli ruhiy quvvat kabilar bilan o‗rniga o‗rin almashtirish, to‗ldirish taklif qilinadi; 4. ―Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish‖ vositasi – ruhshunosning salbiy dunyo qarashni o‗zgartirib, ijobiy fikrlashga ta‘sir qilishi; 5. ―Ma‘naviy immunitet hosil qilish‖ usuli – namu- naviy, ideal axloq-me‘yorlariga ega bo‗lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba‘zi insonlarning salbiy ta‘siriga qarshi immunitet hosil qilish;

6. ―Ko‗rsatmalar, qoidalar‖ usuli – oilaviy ruhiy tera- piya vositasida oila a‘zolarining qilishi kerak bo‗lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Shuningdek, deviant xulqning ayanchli oqibatlari haqida gapirish ham darkor. Deviant xulqli o‗smirni o‗z qilmishlarining yomon oqibatlari haqida iqror bo‗lishga undash ham profilaktik ishlarning bir qismidir. Agar bunga o‗smir rozi bo‗lmasa, deviant xulqning ayanchli oqibatlari ta‘sirini atrofdagi odamlar misolida tahlil qilish mumkin. Maslahat berayotgan ruhshunos o‗z mijozini gunoh, uyat, alam, og‗riq, dard, nafrat, g‗azab, ojizlik, azoblanish tuyg‗ularda ochiq iqror bo‗lishga o‗rgatadi. O‗smirni kelajakni deviant xulq bilan va u siz qarshi olish holatlarini tasvirlashga chaqirish yaxshi natija beradi- gan ruhiy vositadir. Masalan, ruhshunos mijozga uning ke- lajakdagi hayotini tasvirlashda spirtli ichimliklarni ayanchli oqibatlarini ko‗rish va faraz qilishga chorlashi kerak. Ruhshunos (psixolog) yoki psixoterapevt nafaqat fikrlash- ga, balki o‗z his-hayajonini ifoda qilib, olishga ham o‗rgatadi. O‗z kelajagini tasvirlash uchun kerakli iboralarni topa bilish foyda beradi. Agarda, o‗smir o‗z deviant xulqi siz kelajagini tasvirlaganda, ijobiy his-tuyg‗uni namoyon qilsa, demak, shunday xulqqa erishish chora-tadbirlari das- turini tuzish maqsadiga muvofiq bo‗ladi. O‗zaro tushunish- ga erishilsa, kelishuv asosida psixoterapevtik muolajalarni olib boorish o‗smirda butun muolaja davrida maqsadga intilib turishni ta‘minlaydi. Kelishuv og‗zaki yoki yozma kontrak tuzilib, unda faoliyatning maqsadi, usuli, sharti, muddati, shuningdek, o‗zaro manfaatli nuqtalari belgila- nadi. Taraflar barchasi kontrakt shartini bajarishga mas‘ul. Kontrakt shartlari buzilsa, nima bo‗lishni taraflar kelishi bolgan bo‗lishi kerak. Mijozning muammosini ishlab chi- qish asosiy ustuvor vazifadir. Mijoz maslahat beruvchi yordamida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilishi kerak. ―Uning yomon xulq-atvorni namoyish qilishdan maqsadi nima?‖ ―Bundan qanday qoniqish hosil qiladi?‖ ―Deviant xulqdan ozod bo‗lib, u nimani yo‗qotadi?‖. Bu savollarga javob berishga o‗smir qiynalishi mumkin. Agar o‗smir ochiq muloqotga, ichidagi his- tuyg‗ularni namoyish qilishga qarshilik qilsa, o‗zini o‗rganishning boshqa usullardan foydalanish mumkin. Masalan, bu ―men va giyohvandlik‖, ―giyohvand moddalar- siz hayot‖ mavzudagi rasmlar bo‗lishi mumkin. Agar shaxs qat‘iy turib muammolarni inkor etib, yaxshi tomonga o‗zgarishni istamasa, faol bo‗lganlarga murojaat qilinadi. Uning oilasi va referent guruhi (unga ta‘sir qiluvchi odamlar) bunda hamkor bo‗lishlari kerak. Ko‗pchilik bo‗lib, unga ta‘sir qilish o‗z samarasini beradi. Buning uchun deviant xulqli o‗smirga qadrli bo‗lgan insonlar yig‗iladi. Yig‗ilganlar suhbatga alohida tayyorgarlik ko‗rishadi. Bunda turli me‘yordan chekinishlarni yaqqol namoyon qiluvchi hayotiy misollar keltiriladi. Ularning fojiaviy ya- kuni gapirib beriladi. O‗smir bilan ishlashdan avval unga ta‘sir etuvchi guruh repetitsiya o‗tkazi boladi. Bu jarayonni shunday tashkillashtirish lozimki, barcha deviant xulqli o‗smirlar uchun obro‗ga ega guruh vakillari ta‘sir kuchiga ega bo‗lgan gaplarni ishlatib, o‗smirning o‗zini tanqid qilmagan holda, qayta tarbiyalasinlar. Keyinchalik o‗smirga tuzalish imkoniyatini beruvchi istalgan vositani tanlash imkoniyatini berish kerak. Ba‘zi hollarda, nechog‗liq og‗ir bo‗lsa ham o‗z holiga qo‗yish usuli ham natija berishi mumkin. Usulning ma‘nosi – o‗smirning xulqiga, xulq-atvor oqibatlariga o‗zini mas‘ul va javobgar qilish. Xulosa. Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, deviant xulqli o‗smirlar bilan ishlashda ularni tuzatish yani mutax- assis – ruhshunos o‗z mijoziga kerakli bo‗lgan usul va vositalarini taklif qiladiki, bu vositalar ijobiy o‗zgarishlarini olib kelsin. Albatta o‗smir bilan ruhshunos hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun oradagi munosabat halollikka, javobgarlikka, mas‘uliyatlikka, bir-birini qo‗llab-quvvat- lash, hurmat qilishga asoslangan bo‗lishi lozim. ―Huquq buzarlikka moyil o‗smirlarning deviant xatti-harakatini pedagogik profilaktika qilishda muammo doirasini mini- mallashtirish‖ mavzusi bo‗yicha o‗tkazilayotgan ilmiy tadqiqot ishining samaradorligini oshirish maqsadida bir qator olimlar tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar asosida savolnomalar, testlar, anketa savollari ishlab chiqilib, o‗smirlarda shakllanib ulgurilgan salbiy, deviant xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarini aniqlash, ota-onalar, maktab rahbarlari, o‗qituvchilar, psixologlarga amaliy yordam sifatida quyidagi yo‗na- lishlarda tadqiqot tajribalarini olib borishni tavsiya qilamiz. Adabiyotlar 1. Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Uslubiy qo‗llanma. –T.: 1998, 46-b. 2. Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o‗rni. Uslubiy qo‗llanma. –T.: 2008, 86-b. 3. Porter M. Mejdunarodnaya konkurensiya. –M.: Mejdunarodnie otnosheniya,1993. 4. Migranyan A.A. Teoreticheskie aspekti formirovaniya konkurentosposobnix klasterov. 5. Kamolova A.O. Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 2023. 988-992-б.