TOPONIMIKA TIZIMIDA “SUV” KOMPONENTLI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK VA KOGNITIV TAHLILI

Avtorlar

  • Mo‘minova Ma’suma G‘olib qizi

    Shakhrisabz State Pedagogical Institute image/svg+xml

Gilt sózler: toponimika, gidronim, “suv” komponenti, semantik xususiyat, onomastika, nominatsiya, leksik-semantik tahlil, lingvokognitologiya, joy nomlari, derivatsiya, gidrografik manzara, lingvistik model

Annotaciya

Mazkur maqola toponimika tizimidagi “suv” komponenti ishtirokida shakllangan joy nomlarining leksik-semantik va kognitiv xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda ushbu komponentning onomastik birliklar tarkibida tutgan o‘rni, uning nominatsiyadagi funksional vazifalari va ma’no ko‘lamlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif tomonidan “suv” leksemasining rang, sifat, harakat va hajm kabi semantik kategoriyalar bilan birikishi natijasida hosil bo‘ladigan toponimik modellar tasniflanadi. Shuningdek, maqolada gidronimlarning shakllanishida insonning geografik obyektlarni idrok etish usullari va tilning nomlash qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik yoritib beriladi. Ishning xulosalari toponimlarning semantik derivatsiyasini hamda hududiy nomlar tizimidagi konseptual ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.

Paydalanılǵan ádebiyatlar

1. Do‘simov Z. Xorazm toponimlarining lisoniy tahlili. – Toshkent: «Fan», 1985.

2. Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1965.

3. Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: «Fan», 1988.

4. O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati. – Toshkent: «Fan», 2006.

5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006-2008.

6. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1978.

7. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006.

8. Qoshg‘ariy M. Devonu lug‘otit-turk (Tarjimon S. Mutallibov). – Toshkent: «Fan», 1960-1963.