UZUN TUMANI LANDShAFTLARINING TAVSIFI VA ULARNI KARTALAShTIRISh MASALALARI

Avtorlar

Gilt sózler: deduktiv, induktiv, landshaft yandashuvi, tarixiy-evolyutsion, genetik, struktural prinsip, tasniflash

Annotaciya

Dunyo aholisi sonining va ularning tabiatdan foydalanishi ko‘lamining ortib borishi natijasida insoniyatning tabiatga nisbatan ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Tog‘ yaylovlarining degredatsiyasi, jarlanish, tuproq eroziyasi kabi ekologik muammolar oqibatida geoekologik vaziyat yomonlashayotgan Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tabiatni kompleks, bir butun o‘rganish, vujudga kelgan muammolarning yechimini topishda tizimli yondashish muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarga yechim topishda landshaft yandashuvidan foydalanish amaliy natijalar olishga yordam beradi. Uzun tumani landshaftlarini chegaralarini aniqlash, tasniflashda tarixiy-evolyutsion, genetik va struktural prinsiplar, hamda V.A.Nikolaev tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p pog‘onali sxemasidan foydalanildi. Uzun tumani landshaftlarini xaritalashda GAT texnologiyalari qo‘llanildi. Tadqiqot natijasida Uzun tumani hududida quyidagi landshaft birliglari ajratildi 1 ta sinf, 3 ta tur, 7 ta toifa va 13 ta landshaft xili aniqlandi.

Paydalanılǵan ádebiyatlar

1. Николаев В.А. Ландшафты азиатских степей. – Москва: МГУ, 1999.

2. Исаченко А.Г. Ландшафтоведение и физико-географическое районирование. – Москва: «Высшая школа», 1991.

3. Rafiqov A.A., Sharipov Sh.M. Geoekologiya. – Toshkent: «Adib», 2014.

4. Шарипов Ш.М. Тошкент вилоятининг ландшафт хилма-хиллигини сақлаш ва геоэкологик вазиятини яхшилаш масалалари (PhD). илм. дар. олиш учун тақдим эт. дисс. – Тошкент.: 2022. 198-б.