O‘ZBEK ADABIYOTIDA ESSE JANRI ISTIQBOLI

Avtorlar

  • Azilova Z.G.

    Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz image/svg+xml

Gilt sózler: esse, xotira, hikoya, maqola, qissa, adabiy o‘ylar, noma, holat, xotira-esse, badiiy–publisistik maqola, badia

Annotaciya

Maqolada o‘zbek adabiyotida esse janrining shakllanishi, taraqqiyoti, istiqboli, esse va badia janrlari haqida so‘z yuritilgan. Maqolada o‘zbek adabiyotidagi esselar haqida ma’lumotlar berilgan. Yozuvchilarning esse, xotira, badia janrlari haqida aytgan fikrlari keltirilib, qiyosiy tahlil qilingan.

Paydalanılǵan ádebiyatlar

1. Nafis, nodir.Shoir yozmaysanmi, qani yil bo„yi Avaylab asragan badia satring? (G„.G„ulom)

2. Kishining diqqatini tortadigan badiiy asar. Shoirdan bizga lirik badialar, falsafiy mushoha- dalarga boy manzumalar meros bo‘lib qoladi. Alisher bolalik yillarida ikki tilda badialar ijod qilib shuhrat top- gan.(Oybek, “Navoiy”)” [5:134]. Bu ma‘lumotlarga nazar soladigan bo‗lsak, mumtoz adabiyotimizda yaratilgan tazkiralarni ham badia janri bilan bog‗lash mumkin. Ruscha adabiy-qomusiy lug‗atda esa ―Esse muallif nuqtayi nazari birinchi planga chiqariladigan janr‖- deyiladi. Har ikkala janrda ham birinchi o‗rinda muallif nuqtayi nazari, ya‘ni muallif meni turadi. Ikkala janr ham muallifning shaxsiy fikr- mulohazalari, kuzatishlari va hayotiy tajribalari asosiga quriladi. Shunga ko‗ra esse va badia bir-biriga teng janrdir. Bu haqida M.Qo‗chqorovaning quyidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir: ―Bizningcha, keyingi yillar tajribasida kuzatilayotganidek, mazkur janrlar bir-birini inkor etmagan holda, Sharqda badia, G‗arbda esa esse mustaqil nasriy janrlar tariqasida shakllandi‖ [2:21]. O‗zbek adabiyotida badia janri adabiy o‗ylar nomi bilan ham ataladi. Bizningcha, bu nomlarni yagona bir nom osti- da birlashtirish zarur. Chunki har xil nomlash kitobxonlar orasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Muallif asar yozganda uning nomini aniq bilishi lozim. Sh. Xol- mirzayev ta‘kidlaganidek, ―Shafyor odam mashinadan mashinaning farqini, chavandoz yigit otning otdan farqini bilganidek, adib degani ham adabiyot ilmidan baholi qudrat xabardor bo‗lishi kerak‖ [5:3]. Mumtoz adabiyotimiz na- munalarida essening tarixiy, biografik, ocherk, xotira, ilmiy, mulohazakorlik, shaxsiy kechinma unsurlarini ko‗rishimiz mumkin. O‗zbek adabiyotida esse mumtoz adabiyotimiz zamirida va Yevropa adabiyoti ta‘sirida paydo bo‗ldi va salkam chorak asrlik taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tdi. 90-yillarga kelib, essening xotira-esse turi yanada rivojlandi. Bu davrda Said Ahmadning ―Yo‗qotganlarim va topganlarim‖, Shukur Xolmirzayevning ―Binafsha hidlang amaki‖, ―Odil aka haqida o‗ylasam‖, Ne‘mat Aminovning ―Bir asr hikoyati‖, Habibullo Qodiriyning ―Qodiriyning so‗nggi kunlari‖, Kibriyo Qahhorovaning ―Chorak asr hamnafas‖, Zarifa Saidnosirovaning ―Oybegim mening‖ O‗lmas Umarbekovning ―Qizimga maktublar‖singari esse- xotiralari yaratildi. Ularda adabiyotimizning buyuk adiblari bo‗lgan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, G‗afur G‗ulom, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Odil Yoqubov sin- gari adiblarning chin insoniy fazilatlari, shaxs va adib sifat- idagi qiyofalari badiiy tarzda hayotiy voqealar bilan qiziqarli va ishonarli qilib tasvirlangan. Bu esse-xotiralar haqida adabiyotshunos Umarali Normatov ―Umidbaxsh tamoyillar‖ kitobida hamda ―Bugungi nasrimiz yo‗llari‖, ―Xotiralar jozibasi‖ maqolalarida o‗z munosabatini bildira- di, Said Ahmad va Shukur Xolmirzayev esselariga alohida to‗xtaladi. U.Normatov Said Ahmadning ―Yo‗qotganlarim va topganlarim‖ esse-xotirasini ―Xotiralar jozibasi‖ maqo- lasida tahlil qilgan. ―Said Ahmad, M.Qo‗chqarova ta‘kidlaganidek, qoliplarga tushmaydigan, Saida Zununo- va ta‘biri bilan aytganda, talablarni suymaydigan, o‗gitlarni xushlamaydigan, o‗yinqaroq, bevosh odam. Shu jihatdan esse, xotira uning tabiatiga nihoyatda mos tushgan‖ [2:22]. 90-yillardan keyin M.Qo‗shjonov, O.Sharafiddinov, N.Karimov singari yoshi ulug‗ munaqqidlar qatori Ulug‗bek Hamdam kabi adabiyotshunoslarimizning ilmiy izlanishlarida erkin fikr, ilmiylik, badiiylik, turlicha qarash- lar borligini ko‗rishimiz mumkin. Matyaqub Qo‗shjanovning ―Jayhun jilolari ― kitobi 2008-yilda nashrdan chiqdi. Bu kitobga xotiralar, ocherklar, adabiy portretlar kiritilgan. 90- yillardan keyingi davrda o‗zbek adabiyotida ham ko‗plab esselar yaratilmoqda. Bunga misol qilib, Ahmadjon Meliboyevning ―O‗zingni o‗zing boshla‖ kitobiga kirgan barcha esselarini, Ashurali Jo‗rayevning ―Vatan gavhari –Toshkent‖, ―Nomingdan aylanay Navoiy!‖, ―Buxoro hayratlari‖, Abdusattor Hotamovning ―Yavvoyi bog‗‖, Dadaxon Nuriyning ―Surat va siyrat‖, ―Bir suvrat tarixi‖, ―Shoirning bog‗ko‗chasi‖, ―Dengizga sayohat‖, esselarini keltirishimiz mumkin. Sh.Xolmirzayev- ning 2007-yilda chop etilgan Saylanmasining 4-jildiga muallifning turli davrlarda yaratilgan: ―Taqdir bashorati‖, ―Qadimiy Baqtriya tuprog‗ida‖ ―Bir oqshom suhbati yoki do‗stim Ro‗zi Choriyev‖, ―Tog‗larga qor tushdi‖, ―Abdulla Qahhorni eslab…‖, ―Odil aka haqida o‗ylasam‖, ―Shay- dolik‖, ―Ay Shuhrat akam-a…‖, ―Yo‗llar ayro tushdi, am- mo…‖ ―Binafsha hidlang amaki‖, ―Bu kishim -ustoz men - shogird‖ nomli esselari kiritilgan. Ahmadjon Meliboyev deyarli barcha esselarida kitobx- onlik madaniyati haqida o‗z hayotiy tajribalari asosida so‗z yuritadi. Uning ―Kitob o‗qish ko‗nglim mayli edi‖, ―Kitob va quyosh‖, ―Javondagi xazina‖, Kitob va komillik, ―Ertak to‗qishni bilasizmi‖, ―Bir kitobdan topganim‖ ―Men uchun kitob‖, ―Ko‗ngil mulki‖ esselarida kitobxonlik madaniyati haqida so‗z yuritiladi. U ertak, badiiy kitoblarni ko‗p o‗qigan bola bilan o‗qimagan bola o‗rtasida farq bo‗lishini kitobxon bolalarning nutqi ravon, fikrlash doirasi keng, eshitganlarini o‗zlashtirish qobiliyati ancha baland bo‗lishini, ota-onalar shu holatga e‘tibor berishlari zarurlig- ini aytadi. Bu bilan esseda bugungi kunimiz muammosi qalamga olingan. Muallif esseda o‗zi bolaligi, talabalik davri va undan keyingi davrlarda qanday kitoblar o‗qiganligi haqida aytadi. Bolaligida u qo‗liga qanday kitob tushsa o‗qiyveradi. U qirg‗iz tilidagi kitobni qiyinchilik bilan o‗qib tugatadi. Bilsa u bahorda qo‗zilatish mavsumi haqida yosh cho‗ponlarga tavsiya ekan. Essedagi qah- ramon, muallifning o‗zi, Tolstoy, Zolya, Balzak, Hem- inguey, Drayzer, Dostoyevskiy, Chexov, Bunin va boshqal- arning asarlarini ichki bir ehtiyoj sabab uch marta o‗qiydi. Tafakkur xazinasidan bahramand bo‗lmaganlarni kitobxon- likka chorlash yozuvchining sevimli mashg‗ulotiga aylangan. O‗zi uchun yangilik bo‗lgan so‗z va iboralarni tarixiy raqamlarni hikmatli so‗zlarini yon daftariga yozib boradi. ―Kitob va quyosh‖ essesi xitoylik mashhur faylasuf Konfutsiy haqida. Konfutsiy insonparvarlik g‗oyasini keng ma‘noda talqin qiladi. Konfutsiy 22 yoshida donishmand bo‗lib, millatning buyuk muallimi ulug‗ ustoz maqomiga erishadi. 30 yoshida mamlakatda birinchi bo‗lib xususiy maktabni ochadi. Muallif kitob qudratini quyosh qudrati bilan tenglashtiradi: ―Kitobning qudratini faqat quyoshning qudratigagina qiyoslash mumkin. Shunda ham, inson qalbi- ni yoritish faqat kitobning qo‗lidan keladi xolos‖ [6:9]. Haqiqattan ham, kitob insonga har tamonlama kuch be- radi, uni hayotda o‗z maqsadi sari yetaklaydi, bir umrlik hamrohiga aylanadi. ―Ulug‗ iqror‖ essesi Lev Tolstoyning ―Iqrornoma‖si haqida yozilgan. Esseda Ozod Sharafiddi- novning asar haqida yozganlari keltirib o‗tilgan: ―Tolstoy qaysi muammo haqida bahs yuritmasin, hamisha bu muammolarni o‗z hayoti misolida tahlil qilgan va biror o‗rinda ham samimiyatdan chekinish, maqtanchoqlikka, manmanlikka o‗zini pardozlab ko‗rsatishga uringan emas‖[6:10]. Tolstoy urushda odam o‗ldirganligini, o‗ldirish uchun duelga chaqirganini, xizmatkorlari mehnati evaziga yashaganini, ularni o‗ldirganini, yolg‗onchilik, ich- kilikbozlik zo‗ravonlik… men qilmagan jinoyat qolgan emas deya tan oladi.Bu har bir yozuvchining ham qo‗lidan kelavermaydi. Tolstoy ham buyuk inson edi. Ammo u har qanday banda singari adashishi mumkin edi. U hamma nar- saga ishonib ketavermagan, har qanday haqiqatni aql ta- rozisidan o‗tkazib keyingina qabul qilgan. Xulosa qilib aytganda, yozuvchi, adabiyotshonos olim- larimizda erkin yozish, shaxsiy fikr-mulohazalarini erkin tarzda bayon etish istagi paydo bo‗ldi va ana shu zarurat tufayli esse janri paydo bo‗ldi. Albatta, biz hajm cheklan- gani bois, maqolamizda o‗zbek adabiyotidagi barcha esselar haqida batafsil to‘xtalmadik. Ularning ayrimlari haqida so‘z yuritdik. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, esse janri adabiyotimizda bugun paydo bo‗lgan janr emas. U o‘zining shakllanish tarixiga ega janr hisoblanadi. Hozirgi kunda esa esse janri adabiyotimizda rivojlanib, boyib borayotgan janrlardan biridir. Adabiyotlar 1. O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 10-jild. -T.: 2005, 268-b. 2. Qo‗chqorova M. Badiiy so‗z va ruhiyat manzaralari. -T.: «Muharrir», 2011.

3. Rahimjonov N. Ilmiy tafakkur jilolari. -T.: «Fan», 1991,44-b.

4. O‗zbek tilining izohli lug‗ati. I jild. -T.: 2006, 134-b.

5. Qo‘chqarova M. Esse - erkin ijod. // O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati. 2003-yil 18-aprel, 3-b.

6. Meliboyev A. O‗zingni o‗zing boshla. –T.: «G‘afur G‘ulom», 2017. 9-10-b.